28 Fevral 2025 yil 806

“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan Sariosiyo tumanida tuman IIB boshlig‘i ishtirokida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2017-yil 14-mart kunidagi PQ-2833-sonli Qaroriga asosan o‘tkazilib kelinayotgan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni"da jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Shu munosabat bilan bugun  Sariosiyo tuman IIB, Milliy gvardiya va mahalliy hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanida navbatdagi "Huququbuzarliklar profilaktikasi kuni" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mas’ul rahbarlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlariga  bir qator amalga oshiriladigan kunlik profilaktik chora-tadbirlar belgilab berilib, bu borada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Text to speech