27 Fevral 2025 yil 931

“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan Termiz tumanida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Oila-inson tafakkurining oliy mahsuli. Zotan, bu mo‘jaz maskan umrimizga mazmun, hayotimizga fayz beribgina qolmay, jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan Termiz tumanida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy qadryatlarni mustahkamlash hamda oilada ajrimlarning oldini olish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Eshimova, Surxondaryo viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hodimi M.Saxieva, Termiz tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Rasulova va mahallalardagi xotin-qizlar faollari, tuman otinoyilari, imom-xatiblari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bir qator ajrim yoqasiga kelib qolgan, viloyat sudlarida turli sabablarga ko‘ra nizolashib kelayotgan hamda nosog‘lom muhitda yashab kelayotgan oilalar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi. Ularga oila muhqaddas dargoh ekanligi, farzandlar kamoli avvalo oiladagi ota-onalarga bog‘liq ekanligi hamda xotin-qizlarning tarbiyasi birinchi navbatda oilada shakllanishi haqida uqtirib o‘tildi.

Shu bilan birgalikda, Termiz tumanda yashovchi mahallalardagi 12 ta oilalarning ajrim yoqasiga kelib qolish sabablari o‘rganilib ulardan 6 ta oila yarashtirishga erishildi. Qolgan  6 ta oilani ajrim yoqasidan saqlab qolish choralarini ko‘rish xotin-qizlar faollari, imom-xatiblar hamda otinoyilarga alohida vazifa etib berildi.

Text to speech