27 Fevral 2025 yil 889

“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan Muzrabot tumanida tuman IIB boshlig‘i ishtirokida, maktab o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 03.01.2025.yildagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Muzrabot tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari O‘tkir Shukurov tashabbusi bilan,  tumandagi 'Shaffof" mahallasida joylashgan 58-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.

 "Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchillik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish" mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda, maktabda tahsil olayotgan o‘quvchlar va ularning  ota-onalari ishtirok etdilar.

 Davra suhbati  so‘ngida "Kitobxon" o‘quvchilarning  ota-onalariga tuman 3-sektor rahbari O‘.Shukurov    tomonidan, faxriy yorliq va badiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Text to speech