6 Mart 2025 yil
899
“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan aeroport va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash harbiy xizmatchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, jamoat joylarida va turizm namoyishi ob’ektlarida xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida profilaktik targ‘ibot-tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot-tadbiri davomida, avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirilib, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tegishli tushuncha va ma’lumotlar berildi.