16 Oktyabr 2021 yil 617

Ozod yurtning obod maskanlarida obodonlashtirish ishlari o'tkazilmoqda...

Bugun 16 oktabr erta tongidan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda sohaviy xizmatlari, shahar-tuman ichki ishlar bo'limlarining barcha shaxsiy tarkibi, O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 6 sentabr kunidagi tegishli farmoyishi talablari asosida, 25 oktabr - "ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan "yangi O'zbekiston - yangi ichki ishlar organlari!"shiorini o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy hamda targ'ibot-tashviqot tadbirlari dasturi doirasida ichki ishlar organlari ma'muriy binolarida, xarbiy qism va ta'lim muassasalarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida 16-17 oktabr kunlari o'tkazilishi belgilangan obodonlashtirish hasharida faollik ko'rsatishmoqda.
Bunda ko'cha va xiyobonlar, ma'muriy binolarning eshik va derazalari tozalanib, atroflariga suv sepilib, supirilmoqda, yovvoyi o't-o'lan va chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga shakl berilib, ularning taglari yumshatilib, ohak eritmasi yordamida oqlash ishlari amalga oshirilayapdi.
Obodonlashtirish ishlari viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo'limlarida ham uyushqoqlik bilan o'tkazilishi davom etib unda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o'z faolliklarini ko'rsatishayapdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech