16 Mart 2021 yil 517

O'zlariga jabr qilgan kirakashlar bezorilik qilishdi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 12 fevral kuni taxminan soat 12.00 lar chamasida, tumanning "Bobur" mahallasi hududida joylashgan avtoshoxbekatda, shu tumanda yashovchilar, M.A. va O'.B. o'z avtoulovlarida kirakashlik bilan shug'ullanib, yo'lovchilarni manzillariga olib borishni o'zaro talashib o'rtada janjallashishib qolishadi. Oqibatda M.A. O'.B.ni qo'li bilan urib, sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohati etkazgan. Bezorilik jinoyatini sodir qilgan M.A.ga nisbatan 10 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Bezorilikka qo'l urgan ikki kirakashning qilmishi qolaversa, o'zlarining jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasligi o'zlariga bilib - bilmay jabr qilishi emasmi!?

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech