23 May 2021 yil 662

O'zgalarni mensimagan Farruхga jinoiy ish ochildi

Sho'rchi tumanida 2021 yilning 6 aprel kuni soat 23.00 lar chamasida, tumanning "Navro'z" mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug'riq bo'limida, tumanning "Bo'ston" mahallasida yashovchi, S.Farruх jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, Denov tumani "Bog'ieram" mahallasida yashovchi, K.Sherzodni qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Bundan tashqari S. Farruh 11 aprel kuni soat 21.00 larda, tumanning "Navro'z" mahallasi hududida joylashgan "OQSHOM SITY" xususiy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish joyida, ushbu oshxona ishchisi, M.Ahmadni qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, "engil" tan jarohati etkazgan. 1 may kuni S. Farruхga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech