O'zgalarni ishonchiga kirgan firibgar javobgarlikka tortildi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 16 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Oqkamar" mahallasida yashovchi, A.Begzod 10 sentyabr kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Denov tumanida yashovchi, D.Sobir ishonchiga kirib, garovda bo'lgan Lasetti rusumli avtomashinasini 90 000 000 (to'qson million) so'mga sotib rasmiylashtirib bermasdan kelayotganligini bildirgan. Bundan tashqari tumanning "Kushon" mahallasida yashovchi, S.Davron arizasida, D.Sobir "Kobolt" avtomashinasi olib berishini va'da qilib 2500 (ikki ming besh yuz) AQSh dollari va 30 000 000 (o'ttiz million) so'm pullarini o'zlashtirib ketganligini bildirgan. Shuningdek, Qumqo'rg'on tumani "Islomobod" mahallasida yashovchi, T.Islom tuman IIBga arizasi bilan murojaat qilib, unda D.Sobir Oltinsoy tumanidan dorixona binosini sotib olishni va'da qilib jami 20 (yigirma million) so'm va 4.000 (to'rt ming) AQSh dollar pullarini olib ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 16 sentyabr kuni D.Sobirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati