11 Iyul 2021 yil 452

O'zgalarni chuv tushirib, qochqinda yurgan firibgar qo'lga olindi

Angor tumanida 2021 yilning mart oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan (firibgarlik) jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Angor tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan Toshkent shahri Yunusobod tumani "TashGRES" ko'chasida yashovchi, R.Doston 1 iyul kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
R.Doston sodir qilgan jinoiy qilmishiga qonun oldida javob berishi uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Angor tuman sudiga topshirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech