O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida ilmiy - nazariy konferentsiya o'tkazildi.
O'zbekistonda yangi uyg'onish davri poydevorini barpo etish borasida belgilab berilgan uzoq muddatli strategik vazifalar doirasida: "uchinchi Renessans sari - aniq fanlar sohasidagi o'zgarishlar" mavzusida ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tdi
Konferensiyada Termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Ch.B.Normurodov, matematika analiz kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori professor M.Mirsobirov, algebra va geometriya kafedrasi professori I.Allakov, fizika-matematika fanlari nomzodi M.Choriev, biologiya fanlari nomzodi, dosent X.Tangirov hamda akademik lisey aniq va tabiiy fanlar kafedrasi a'zolari ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida so'zga chiqqanlar Prezidentimizning 07.05.2020 yildagi PQ-4708 sonli qarori bilan matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida alohida to'xtalib o'tib va akademik liseyda o'qitish tizimi yanada rivojlantirib borish borasida o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.
Konferensiya yakunida professor o'qituvchilar lisey o'quvchilariga kelgusi o'qish va ishlariga omad yor bo'lishini ta'kidlab, samimiy ezgu tilaklar bildirib o'tdilar.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati