O'zbekiston fuqarolariga ID-kartalar rasmiylashtirilib berilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida, 2021 yil 1 yanvar kunidan boshlab ID-kartalarni berilishi yuzasidan barcha shahar-tuman IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi xodimlari tomonidan aholi bilan uchrashuvlar o'tkazilib, targ'ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 2 fevral kuni viloyat IIB Mvafrb ma'muriy binosida 20 nafar 16 yoshga to'lgan yoshlar nomiga rasmiylashtirilgan ID-kartalar boshqarma Mvafrb va Termiz shahar IIO FMB Mvafrb mas'ul xodimlari ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Ma'lumot o'rnida, 2021 yilning 30 yanvar kuniga qadar viloyatimiz hududida yashovchi 4755 nafar O'zbekiston fuqarolariga ID-kartalar rasmiylashtirilib berilgan bo'lib, shulardan, 3582 nafari 16 yoshga to'lgan fuqarolarni tashkil etadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati