7 Iyun 2021 yil 509

O'zaro tortishuv, pichoqbozlik bilan yakunlandi...

Termiz shahrida 2021 yilning 18 may kuni kasalxona xabariga ko'ra, shu kuni soat 00.30 larda, shaharning "Zafarobod" ko'chasida yashovchi, M.Abbos shaharning "Alpomish" mahallasi hududidagi ko'chada, shaharning "Kattabog'" mahallasi Navbahor ko'chasida yashovchi, X.Farhod bilan o'zaro janjal oqibatida, M.Abbos qo'lidagi pichoq bilan X.Farhodning chap qorin qismiga bir marotaba urib, "hayot uchun havfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. 18 may kuni M.Abbosga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech