11 Iyun 2020 yil 695

O'zaro janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Joriy yilning 2 iyun kuni kasalxona xabariga ko'ra, Termiz tumanida shu kuni soat 12.30 da, tumanning "Xalqabod" mahallasi hududida joylashgan "GOLD Agro FRESH" MChJga qarashli bog'ida, Angor tumanida yashovchi X.S. va Termiz tumanida yashovchilar A.Z., A.Z. lar o'zaro janjal qilgan vaqtida, Z.A.ning birga yashovchi, akasi X.A. ukalarini himoya qilish maqsadida kelib yonida bo'lgan oshxona pichog'i bilan X.S.ning chap biqin sohasiga 1 marotaba sanchib, "xayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan.
Natijada 2 iyun kuni X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech