6 Iyul 2021 yil
736
O'zaro janjal oqibatida xotin erini pichoqlab qo'ydi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 18 may kuni soat 21.00 larda, tumanning "G'ur-G'ur" mahallasida yashovchi, P.Toyir uyida turmush o'rtog'i, Ch.Malika bilan o'zaro janjal oqibatida, Ch.Malika qo'lidagi osh pichog'i bilan P.Toyirning bilak sohasini tilib, "o'rtacha og'irlikdagi shikast" etkazgan. 19 iyun kuni Ch.Malikaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati