15 Iyun 2020 yil
680
O'zaro janjal oqibati...
Boysun tumanida 2020 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 15.30 lar chamasida, Boysun tumanida yashovchi M.D. tumanning "Obi" mahallasi hududidagi "bolalar sport majmuasi"da sport bilan shug'ullanish vaqtida, tanishi, shu tumanda yashovchi X.Sh. bilan o'zaro janjallashib qolishi oqibatida, M.D.ning yonida bo'lgan (chopqi) pichoq bilan X.Sh. ning qorin sohasi va chap biqiniga bir marotabadan sanchib, "sog'lig'ining buzilishiga sabachi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. 12 iyun kuni M.D.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati