18 Iyun 2020 yil 474

O'zaro janjal o'lim bilan yakun topdi

Jarqo'rg'on tumanida 2020 yilning 16 iyun kuni kasalxona xabariga ko'ra, shu kuni taxminan soat 16.30 lar chamasida, tumanning "Qushtepa" mahallasida yashovchi K.J. uyida, tumanning "Boymoqli" mahallasida yashovchi y.A. bilan o'zaro janjallashib qolib, K.J. qo'lidagi oshxona pichog'i bilan y.A.ning o'ng oyog'ining son qismiga bir marotaba sanchishi oqibatida, o'ng son o'rta uchligi oldi yuzasidan sanchib kesilgan jarohati, son arteriyasini uzilishi, o'tkir tashqi qon ketishi kabi tan jarohatlari olib kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan 16 iyun kuni K.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "D" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech