O'zaro janjal odam o'limiga sabab bo'ldi
Sho'rchi tumanida 2021 yilning 26 iyun kuni kasalxona xabariga ko'ra, shu kuni soat 20.30 larda, tumanning "Oynako'l" mahallasida yashovchi, J.Arslonni qo'shnisi bo'lib yashovchi qarindoshi, q.Ra'noning yashash uyiga kelib, undan savdo do'konidan olgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qarzini so'rab, o'zaro tortishib, uni haqorat qilganida, q.Ra'noning o'g'li, J.Bozor janjalga aralashib, uning onasini haqorat qilgani sababli, yashash uyidan oshxona pichog'ini olib, J.Arslonning son qismiga bir marotaba sanchib, "hayot uchun havfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. Natijada J.Arslonga tibbiy yordam ko'rsatish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilayotganida, yo'lda vafot etgan. J.Bozorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "D" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati