11 Mart 2021 yil 621

O'zaro janjal javobgar va jabrlanishga sabab bo'ldi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 12 fevral kuni taxminan soat 01:00lar chamasida, "Daragiston" mahallasida yashovchi, N.N mahallasi hududida joylashgan "Xoriston" massivida, tumanning "Olmazor" mahallasida yashovchi, I.I. bilan o'zaro janjallashib qolib, uni tayoq bilan oyog'iga urib, "o'rtacha og'irlikda"gi tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 6 mart kuni N.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Bu ikki shaxs bir birlarini hurmat va izzat qilishni or bilib, o'rtada kelib chiqqan janjal oqibati natijasida ikkalasi ham jabrini tortmoqda. Nega deysizmi? I.I. tan jarohati olib sog'ligiga putur etgan bo'lsa, N.N. esa qilgan qilmishi uchun qonun oldida javobgar bo'ldi.
Bularning har ikkisi ham o'rtadagi kelishmovchilikni do'stona echganida hozirda biri jabrlanib, ikkinchisi javobgar bo'lmasmidi?!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech