30 Oktyabr 2021 yil 366

O'z yerini sotmoqchiligini aytib, haridorni chuv tushirgan firibgarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Denov tumanida 2021 yil 5 oktabr kuni Bandixon tumanida yashovchi, S.Salim (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil avgust oyida, o'ziga tanish bo'lgan, Denov tumanida yashovchi, N.Jamshid, Denov tumanidagi o'ziga tegishli 5 sotix yerni 30.000.000 (o'ttiz million) so'mga sotishini va hujjatlashtirib berishini va'da qilib, jami 29.000.000 (yigirma to'qqiz million) so'm pullarni olib, ushbu 5 sotix yerni nomiga hujjatlashtirib bermasdan, pullarini o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 14 oktabr kuni N.Jamshidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech