O'z xohishi bilan topib olgan ov qurolini topshirdi
Uzun tumanida joriy yilning 2 iyun kuni, tumanning "Fayzova" mahallasida yashovchi Sh.O. hovlisidagi molxonasini buzgan vaqtida tuproq orasidan marhum bobosidan qolgan 1 dona IJ-18 rusumli 1 og'izli, 16 kalibrli, 1962 yilda ishlab chiqarilgan tegishli raqamli ov qurolini topib olib o'z xohishi bilan tuman ichki ishlar bo'limi jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi H.Kokulovga topshirgan. Buning natijasija fuqaro o'zining va o'zgalarning xavfsizligini hayotni saqlash uchun xizmat qilganligining guvohi bo'lasiz.
Aziz fuqarolar agarda sizning ham tegishli hujjatga ega bo'lgan yoki ega bo'lmagan o'q otar qurol va o'q doralar topib olsangiz, zudlik bilan hududingizdagi ichki ishlar organlariga ma'lum qilishingizni so'raymiz! Aks holda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishinigiz to'g'risida ogohlantirilasiz!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati