11 Iyul 2020 yil 511

O'z xohishi bilan ov quroli qismini topshirish

Denov tumanida 2020 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 09.10 lar chamasida, tumanning "yangi Hazarbog'" mahallasida yashovchi, B.A. hovlisida joylashgan omborxonasi devorini buzayotganida, marhum otasi B.X.dan qolgan 1 dona IJ-17 rusumli, 12 kalibrli, 1 stvolli ov qurolinining stvol qismini topib olib, o'z xohishi bilan tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi profilaktika inspektori A.Musaevga ariza orqali topshirgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech