Ovchilar uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunilandi.
Joriy yilning 17-18 may kunlari O‘zbekiston
Respubltkasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 20 noyabr kunidagi Qarori ijrosini
taminlash maqsadida, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasining Surxondaryo
viloyat bo‘limi tomonidan Birlashmaga a’zo hamda sport xavaskorlik ovi bilan shug‘ullanish
istagini bildirgan fuqarolarni "Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish
bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari" tashkil etilgan edi.
O‘quv mashg‘uloti davomida Termiz harbiy poligonida ov
qurolidan amaliy o‘q otish mashg‘uloti ham o‘tkazildi. Bundan tashqari o‘quv kurslari
yakunida tinglovchilardan sinov imtihonlari qabul qilinib, imtihonlarni muvaffaqiyatli
topshirgan tinglovchilarga ovchilak jamiyatiga a’zolik guvohnomalari hamda ov qurolini
harid qilib olishga doir sertifikatlar topshirildi.