Ovchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi
Joriy yilning 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2023 yil 20 noyabr kunidagi 609-son Qarori ijrosini taminlash maqsadida,
O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasining Surxondaryo viloyat bo‘limi
tomonidan Birlashmaga a’zo hamda sport havaskorlik ovi bilan shug‘ullanish istagini
bildirgan fuqarolarni "Quroldan xavsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha
qisqa muddatli o‘quv kurslari" tashkil etildi.
Tashkil etilgan qisqa
kurs tinglovchilarga quroldan xavfsiz foydalanish qoidalari, qurolni saqlash, olib
yurish va undan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyuldagi
"Qurol" to‘g‘risidagi O‘RQ-550-son Qonuni talablariga amal qilishlari
yuzasidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha
inspektori podpolkovnik X.P.Umbarov, Jarohatlar va ularning turlari. O‘qdan yaralanganda, shikastlanganda birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish, tashish va transportirovka qilish tartibi bo‘yicha
viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi shifokori A.Absalaev va Viloyat ovchilar va baliqchilar bo‘limi ovshunosi J.Bahromovlar tomonidan tushunchalar berib o‘tildi.