14 Sentyabr 2023 yil 369

Ovchilar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi

Joriy yilning 13-14 sentabr kunlari viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik X.Umbarov, Surxondaryo viloyati ovchibaliqchilar sport bo‘limi xodimi J.Baxromov, Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof muhitini muxofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi inspektori B.Salomovlar hamkorlikda tasdiqlangan qo‘shma rejaga asosan Termiz shahar IIB hamda Termiz tumani IIB rahbariyati bilan Termiz shahar va Termiz tumani Ichki ishlar organlari ro‘yxatida turgan Ov quroli egalari bilan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabasi bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ”Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomolasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 1 maydagi 175-son qarori bilan sohaga doir asosiy qonunchilik hujjatlariga — Hukumatning “Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash hakida” 2020 yil 11 martdagi 138-son va “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillash-tirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 26 dekabrdagi 810-son qarorlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Ichki ishlar organlari tomonidan o‘qotar qurol egalari o‘rtasida shaxsiy o‘qotar qurolni o‘rnatilgan tartibda saqlash va undan xavfsiz foydalanish tartibotlarini targ‘ib qilish, ushbu qoidalarga to‘la-to‘kis amal qilishini bo‘yicha muntazam ravishda tilxatlar olinishi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramasdan, qurol egalari tomonidan ov qurolini saqlash qoidalariga amal qilmasligi, belgilangan joylarda saqlanmasligi oqibatida salbiy hodisalar kelib chiqishi mumkinligi to‘g‘risida ovchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech