2 Aprel 2021 yil 991

Ov qurollarini saqlash va foydalinish tartib qoidalarini o'rganish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 dekabrdagi "qurol muomilasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 810-sonli qarorining mazmun-mohiyatini xodimlar o'rtasida targ'ib etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB PPX va JTSB apparati xodimlari, sohaviy xizmat boshliqlari hamda PPXB komandiri va uning o'rinbosarlari, Termiz shahar va Denov tumani IIO FMB hamda barcha tuman IIB boshliqlarining xizmat bo'yicha o'rinbosarlari, Vaqtincha saqlash hibsxona boshliqlari hamda jamoat tartibini saqlash guruhi (katta) inspektorlari ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi.
O'quv seminar mashg'ulotini viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik A.M.Normamatov kirish so'zi bilan ochib, o'quv seminarini tashkil qilishning asosiy maqsad va vazifalari haqida qisqacha to'xtalib o'tdi.
Tashkil etilgan o'quv seminarida boshqarma PPX va JTSB MTB inspektorlari mayor M.Nabiev va katta leytenant K.Norpo'latov, viloyat IIB JQB tezkor vakili Z.Tog'aev, viloyat IIB EKB kriminalisti F.Xasanov, viloyat IIB TMB katta inspektori M.Abduraxmonov, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha nazorat inspektsiyasi bosh mutaxassisi katta davlat inspektori u.Normirov, viloyat ovchilar va baliqchilar bo'limi raisi A.Xayruddinovlar tomonidan o'quv seminari ishtirokchilariga qarorning mazmun mohiyati tushuntirilib, ular o'rtasida o'quv mashg'ulotlar o'tkazildi.
Seminar so'ngida, patrul-post xizmati bataloni saf maydonida xodimlar bilan saf ko'riklari va saf tayyorgarlik o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech