13 Mart 2021 yil 615

O'tkazilgan sayyor qabullarda murojaatlar ijobiy hal etildi...

Joriy yilning 12-mart kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod, Qumqo'rg'on tumanlarida, 13-mart kuni Boysun tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi rahbarligidagi ishchi guruh, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, huquq - tartibot idoralari va sud – huquq masalalariga aloqador murojaaatlar yuzasidan ommaviy sayyor qabullari o'tkazildi.
O'tkazilgan mazkur sayyor qabullarda, Qumqo'rg'on va Sherobod tumanlarida bo'lib o'tgan sayyor qabul Sho'rchi, Jarqo'rg'on, Qiziriq va Bandixon tumanlari aholisini qamrab olgan bo'lsa, Boysun tumanida Boysun tumani aholisi o'z murojaatlari bilan ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi mutasaddilari tomonidan o'rganilib, tegishli echimlar qilindi. Birgina O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosari General mayor Bahodir Mirzaraximov tomonidan Qumqo'rg'on, Sherobod va Boysun tumanlarida 81 nafar fuqarolardan murojaatlar qabul qilinib, murojaatlarning asosini ichki ishlar faoliyatidan, tergov bo'limlarining harakatidan norozi bo'lgan fuqarolar, oilaviy janjallar, kelishmovchiliklar va ichki ishlar idoralariga ishga joylashish va ayrim ochilmayotgan jinoyatlarga oid shikoyat va arizalar tashkil etdi. Ularning 8 tasi joyida hal etildi.
Vaqt va qo'shimcha o'rganish talab etiladigan muammoli murojaatlar ichki ishlar vazirligining qat'iy nazoratiga olindi.
Termiz tumani "Orol" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro To'ra Beknazarov qariyib ikki oydan buyon ikki bosh bo'rdoqiga boqilayotgan qo'ylarining noma'lum shaxslar tomonidan o'g'irlab ketilganligi va hozirgacha daragi chiqmayotganligi yuzasidan ichki ishlar vaziri o'rinbosariga murojaat qildi. Murojaat yuzasidan tegishli soha xodimlariga ko'rsatma va qat'iy topshiriq berilgan edi. Kunning ikkincha yarmida yo'qolgan qo'ylar topilganligi ma'lum bo'lib, ushbu murojaat ham tez fursatlarda ijobiy hal etildi.
Sherobod tumanining oq tepa mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi fuqarolar opa - singil Oyzira va Bozorgul Abduraimova hamda shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar O'rozali Shukurov va Sunnatillo Xushvaqtovlarning O'zbekiston Respublikasi fuqoroligini olish uchun yozgan arizasining ijobiy hal etilishi bo'ldi. 1992 - yilda qo'shni Tojikistondan ko'chib kelgan fuqarolarning shu vaqtgacha fuqaroligi bo'lmagan. Sayyor qabul yakunida ularga ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi yangi pasport ya'ni "ID" kart tantanali ravishda topshirildi. Bu esa fuqarolarning qalbini quvonchlarga to'ldirdi. Shu kundan e'tiboran ular O'zbekistoning teng huquqli fuqarolariga aylanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech