Otaliqqa olingan Jarqo‘rg‘on tumanidagi yoshlarga turizm ob’ektlariga sayohat uyushtirildi.
Bugungi kunda, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ularni kelajakda
o‘z tanlagan kasb-hunar egasi bo‘lishi, tarixiy va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish
maqsadida, otaliqqa olingan yoshlar uchun turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar
hamda sayohatlar uyushtirilmoqda. Buning birgina misoli sifatida, Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Baxrom Xidirovga Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Dehqonobod”,
“Besh buloq”, “O‘zbekiston”, “Polvonlar yurti” va “Dam” mahallalaridan biriktirilgan
100 nafar yoshlar uchun sayohat tashkil qilindi.
Mazkur sayohat davomida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni
ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy”
majmuasiga olib borilib ziyorat qilindi va ushbu qadamjoda mangu qo‘nim topgan ajdodlarimizning
avlodlar uchun ham dunyoviy, ham diniy ta’limotlariga qo‘shgan hissalari haqida
tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi
binosiga borishib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ajratilgan texnik vositalari
va situatsion markaz faoliyati bilan tanishtirilib, ularning qiziqtirgan savollariga
kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.