30 Mart 2021 yil
587
Otaga qo'l ko'targan o'g'ilga jinoiy ish ochildi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 16 fevral kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, tumanning "Obi hayot" mahallasida yashovchi, T.J. uyida turmush o'rtog'i, uy bekasi, T.Z. hamda farzandlari, T.R. va T.G.lar bilan o'zaro janjal qilganida, o'g'li T.R. otasi T.J.ni qo'li bilan ko'kragiga urib, unga "o'rtacha og'irlikda"gi shikast etkazgan. 13 mart kuni muntazam ravishda oilaviy kelishmovchiliklar bo'lib kelayotgan oila farzandi bo'lmish, o'z otasiga qo'l ko'targan T.R.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati