Ota-bolaga mahalladoshi tan jarohati etkazdi
Sherobod tumanida 2021 yilning 20 fevral kuni taxminan soat 15.30 lar chamasida, tumanning "cho'michli" mahallasida yashovchi, A.T. va uning o'g'li A.I. mahalladoshi, T.S. bilan o'zaro tortishib qolishi oqibatida o'rtada janjal kelib chiqadi. Janjal oqibatida T.S. ota-bolalar A.T. va uning o'g'li A.I.larni urib ularga "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Natijada, 13 mart kuni T.S.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ota-bola A.T. va A.I.lar hamda ularga tan jarohati etkazgan, T.S. mahallada yashayotganligini inobatga olib, bir birlarini hurmat qilishganida, o'zaro tortishuv va janjallashish o'rniga bir birlarini tushunishganida o'rtadagi "oqibat parda"si yirtilmagan bo'larmidi!?
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati