24 Mart 2021 yil 579

Oson yo'l bilan boyish istagidagi giyohfurush qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yilning 13 mart kuni taxminan soat 17.35 lar chamasida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "mehroqibat" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Bahoriston" mahallasida yashovchi, X.A. o'zining boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi salonida mijozga 7.85 gramm bo'lgan "gashish" giyohvandlik vositasini 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'm pulga sotayotgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 mart kuni oson yo'l bilan moddiy manfaat ko'rish boylik orttirish maqsadida ushbu jinoyatni sodir etgan X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech