20 Iyul 2021 yil 481

Oshxonada o'g'irlangan telefon…

Sho'rchi tumanida 2021 yil 5 iyul kuni, tumanning "Bo'ston" MFYda yashovchi, X.G'ayrat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 30 iyun kuni soat 11.30 larda, tumanning "Navro'z" mahallasi hududida joylashgan oshxonada ovqatlanayotganida 600.000 (olti yuz ming) so'mlik "MI" rusumli telefonini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi, A. To'lqin sodir etilgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 5 iyul kuni A.To'lqinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech