9 Avgust 2022 yil 433

Oshxona yerto‘lasidagi seyfdan pul o‘g‘irlandi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 25 iyul kuni, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi, tumandagi oshxona ish yurituvchisi, V.Valisher (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 24 iyul kuni soat 16:00 larda, tumanning “Navro‘z” mahallasida joylashgan oshxona yerto‘lasidagi seyf ichidan 20 000 000 (yigirma million) so‘m pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu o‘g‘irlikni, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, S.Hushchiroy sodir etganligi aniqlanib ushlangan, ashyoviy dalil olingan.

26 iyul kuni S.Hushchiroyga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech