O'qituvchi hamkasblar ahil va inoq bo'lish o'rniga...
Denov tumanida 2021 yil 21 iyul kuni soat 21.30 larda, tumanning "Jiydabuloq" mahallasida yashovchi, maktab o'qituvchisi, L.Soatmurod yashash uyi oldida, qo'shnisi, hamkasbi D.Xurramni o'zaro janjallashishi oqibatida qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, D.Xurramga "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati etkazgan. 21 iyul kuni L.Soatmurodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ta'lim dargohida yoshlarga saboq berib, ta'lim tarbiya ishlari bilan shug'ullanib kelayotgan bu ikki hamkasb, ahil va inoq bo'lib, hamkasblari-yu, o'quvchilariga o'rnak bo'lish o'rniga bir birlari bilan o'zaro janjallashishi ularning hatti-harakatlarini qanday tushunish mumkin!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati