O'qishga kiritishni va'da qilgan firibgarga jinoyat ishi ochildi
Termiz shahrida 2021 yil 11 sentyabr kuni shahar 4-son IIB huzuridagi tergov guruhining xabariga ko'ra, joriy yilning fevral va aprel oylari davomida, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi, J.Og'abek, Termiz shahar "A.Avloniy" mahallasi hududida, o'ziga oldindan tanish bo'lgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi, I.Abdullani chet elga o'qishga yuborishni va'da qilib, undan 1.100 (bir ming bir yuz) AQSh dollari olgan. Bundan tashqari, J.Og'abek xuddi shu manzil va vaqt oralig'ida Qumqo'rg'on tumani "Paxtaobod" mahallasida yashovchi, X.Xurshitdan ham 500 (besh yuz) AQSh dollari olib, ushbu olgan pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. 10 sentyabr kuni J.Og'abekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati