15 Iyul 2022 yil 664

Qonunchilik targ‘iboti: Quroldan foydalanish bo‘yicha qonunga o‘zgartirish kiritildi

Termiz shahar IIBda  O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2022 yil
31 maydagi O‘RQ-772-son qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida MTB inspektori mayor M.B.Nabiev Termiz shahar IIB shaxsiy tarkibiga fuqaroviy va xizmat quroli, uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator sezilarli o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilganligi haqida tushuntirib o‘tdi.

Jumladan, qonunga ko‘ra Jinoyat kodeksining 247-, 248-, 249-moddalari va Ma’muriy kodeksining 185-, 220-, 2201, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritildi:

  • o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi,

uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilandi;

  • qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik

qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish tartibi, shuningdek, qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari tasdiqlandi. Ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi esa 21 dan 25 yoshgacha oshirildi;

  • tuzilishi qayta o‘qlamasdan uzluksiz o‘q uzish imkonini beruvchi silliq

stvolli yarim avtomatik o‘qotar ov quroli mavqei soyli stvolli qurolga tenglashtirildi;

  • g‘ayriqonuniy maqsadlarda ma’lum texnik sharoitlar va ko‘nikmalar

yordamida qayta jangovar holatga keltirilishi mumkin bo‘lgan “pahtavon” (“oxoloщennoe”), o‘quv va vazn-gabaritli (“masso-gabaritnoe”) qurolning muomalasi taqiqlandi (kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga quyish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqari);

  • barcha turdagi pnevmatik qurolga (og‘iz qismidagi quvvati djoul va

kalibridan qat’iy nazar) egalik qilishni faqat ichki ishlar organlarning ruxsatnomasi asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurol sonini 3 dona bilan cheklandi;

  • pnevmatik kalta stvolli qurolning (bundan uning sport

ob’ektlarida saqlanishi va undan foydalanishi mustasino) muomalasi taqiqlandi;

  • fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlandi;
  • fuqaroviy ov qurolining magazinining ruxsat etilgan sig‘imi

10 donadan 5 donagachakamaytirildi;

  • bittadan ortiq har bir soyli stvolli o‘qotar ov quroliga, pnevmatik

ov quroliga va silliq stvolli o‘qotar ov quroliga egalik qilganlik uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi;

  • soyli stvolli (nareznoy) o‘qotar ov qurolini, shu jumladan aralash

o‘qotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli o‘qotarov qurolini va uning o‘q-dorilarini, o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov quroliga egalik qilish staji 10 yil sifatida belgilandi;

  • birinchi marotaba fuqaroviy qurolni (o‘zini o‘zi himoya qilish,

gazli va elektroshoker qurilmalari bundan mustasino) olishda quroldan xavfsiz foydalanish qoidalaribo‘yicha maxsus qisqa muddatli kursalardan majburiy o‘qitish tartibi belgilandi;

Bundan tashqari, fuqaroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiritilib, ular yuzaga kelganda qurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmi belgilangandi:

1) qasddan jinoyatlar sodir etilganlik uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlanganligidan qat’iy nazar (10 yil davomida);

2) qurol egasi yoki qurolga egalik qilish istagini bildirgan fuqaro
va u bilan birga yashovchilarga nisbatan qoralovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.

Mazkur qonun 2022 yilning 2 sentabridan va javobgarlik masalalari qismida 2 dekabr kuni kuchga kiradi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech