11 Iyul 2024 yil 385

Onalik va bolalikni himoya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova, viloyat Perinatal markazi bosh shifokori A.Ziyaev hamda barcha tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirokida viloyat Perinatal markazida Onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‘ruqlar o‘rtasidagi intervalga amal qilish, xavfsiz tug‘ruq, erta nikoh va voyaga yetmaganlar o‘rtasida hamda qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikohning oqibatida nogiron bolalar tug‘ilishi, shuningdek chaqaloqlar savdosi jinoyatlarining oldini  olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida, viloyat hududida tug‘ruq yoshidagi onalarning o‘limi ko‘payganligi, yaqin qarindoshlar o‘rtasida vujudga kelgan oilalarda dunyoga kelayotgan bolalarning nosog‘lom yoki nogiron bo‘lib tug‘ilishi, erta turmush qurish oqibatidagi vujudga kelayotgan ko‘ngilsiz holatlarga chek qo‘yish hamda nikohsiz yoxud boshqa sabablarga ko‘ra tug‘ilgan chaqaloq farzandlaridan qutilish maqsadida chaqaloq savdosiga qul urayotgan ayollarning qilmishlari, voha hududida yuqumli kasalliklar ayniqsa, OIV va OITS kasalligi chalinishiga qarshi kurashish va ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish va boshqa bir qator og‘riqli masalalar haqida tanqidiy fikr mulohazalar yuritilib, viloyat hududida Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida favqulodda holat e’lon qilinganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida, mas’ullar tomonidan yig‘ilganlarga mavzu doirasida aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Text to speech