25 May 2021 yil 440

Ona-bola qoramolni o'g'irlab boylik orttirmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yilning 23 aprel kuni, tumanning "qo'zichoqli" mahallasida yashovchi, Ch.Shamsiddin tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 22 apreldan 23 aprelga o'tar kechasi, noma'lum shaxs, molxonasidan 12.000.000 (o'n ikki million) so'mlik ona-bola qoramolini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni Oltinsoy tumanida yashovchi, M.Asliddin sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 3 may kuni M.Asliddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech