25 May 2021 yil 488

Omborxonani o'margan o'g'ri qo'lga olindi

Muzrabot tumanida 2021 yil 23 aprel kuni, tumanning "at-Termiziy" mahallasida yashovchi, B.Shuxrat arizasida, 22 aprel kunidan 23 aprel kuniga o'tar kechasi, mahallasida joylashgan "Muzrabot qishloq qurilish" MChJning omborxonasidan 14.000.000 (o'n to'rt million) so'mlik 1 jamlanma (6 dona) "Shinek" nomli va 1.850.000 (bir million) so'mlik 1 dona "reduktor" g'isht ishlab chiqarishda foydalaniladigan apparatlari noma'lum shaxslar tomonidan o'g'irlab ketilganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, A.G'iyos sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 3 may kuni A.G'iyosga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech