4 Avgust 2023 yil 363

Oltinsoyda o‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi, jinoyatni sodir qilgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Oltinsoy tumanida 18 iyul kuni Bandixon tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan D.Shodmon (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 29 iyun kuni Oltinsoy tumani “Xo‘jaipok” mahallasi hududidagi “Xo‘jaipok” ziyoratgohiga borib, u yerdagi g‘or suviga cho‘milayotganida, shimining cho‘ntagida bo‘lgan “Samsung M-32” rusumli telefon apparatini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildiradi.

Ushbu murojaat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Oltinsoy tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan S.Sarvar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 26 iyul kuni S.Sarvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech