26 Noyabr 2021 yil 418

Oltinsoyda, kanal yoqasidagi elektrodvigatel o'g'irlandi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 4 noyabr kuni, tumanning "Obshir" mahallasida yashovchi, K.Ergash (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 noyabr kunidan 4 noyabr kuniga o'tar kechasi mahallasi hududidagi "Xidirsho" kanali yoqasiga o'rnatib qo'ygan, narxi 3.500.000 (uch million besh yuz ming) so'mlik elektrodvigatelini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni, Termiz tumanida yashovchilar, D.Doston va S.Sobirlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni D.Doston va S.Sobirlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech