11 Avgust 2021 yil 719

Oltinsoyda bezorilik qilgan uch o'g'longa jinoyat ishi qo'zg'atildi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 26 iyul kuni soat 17.00 larda, tumanning "Bo'ston" mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasi oldida, tumanning "Markaz" mahallasida yashovchi, S.Bunyod mast holda tumanning "Ipoq" mahallasida yashovchi, S.Nurbek va "Guliston" mahallasida yashovchi, E.Usmonlar, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu tumanda yashovchilar M.Faxriddin, R.Baxtiyor va q.G'ayratlarni hech bir sababsiz qo'llari bilan duch kelgan joylariga urishib, M.Faxriddinga "o'rtacha og'irlikdagi", R.Baxtiyorga "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" va q.G'ayratga "engil" tan jarohatlari etkazishgan. Mazkur holat yuzasidan 27 iyul kuni S.Bunyod, S.Nurbek va E.Usmonlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech