3 May 2021 yil 483

Oltinsoy tumanining 3-sektorida sportning "mini futbol" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF–5887–son Farmonlari talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2021 yil 23 aprel kunidagi ko'rsatmasiga asosan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan joriy yilning 22 aprel kuni tasdiqlangan Nizomga asosan sportning "mini futbol" turi bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlardan biri Oltinsoy tumanidagi 3-sektor hududidagi mahallalarda uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha, "Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi" uchun musobaqalar tashkil etildi.
Joriy yilning 29,30 aprel va 1-may kunlari Oltinsoy tumani 3-sektori hududiga qarashli "Paxlavon", "Tog'ay Murod", "Mingchinor", "yakka-tut", "shakar-qamish", "Olmazor", "Xidirsho","Do'g'oba", "Ekraz", "Sayrak", "ovchi", "Mo'minqul", "Marmin", "Jobu", "Jobu-1", "Ipoq", "Chep" va "Obshir"mahallalari yoshlari o'rtasida musobaqa o'tkazilib g'oliblar aniqlandi.
Musobaqa yakuni bo'yicha "Jobu-1" MFY 1-o'rin, "Mo'minqul" MFY 2-o'rin, "Ekraz" mahallasi yoshlari 3-o'rinlarni qo'lga kiritishib, g'oliblarga viloyat IIB boshlig'ining diplom hamda esdalik uchun qimmat baho sovg'alar va pul mukofati bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech