25 Aprel 2022 yil 417

Oltinsoyda qo‘chqor o‘g‘risi qo‘lga olindi

2022 yil 30 mart kuni, Oltinsoy tumanida yashovchi, V.Vohob (ism sharif o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida, 29 mart kunidan 30 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar molxonasidan 2.200.000 (ikki million ikki yuz ming) so‘mlik 1 (bir) bosh qo‘chqorini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni, shu tumanda yashovchi Ya.Halim sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 8 aprel kuni Ya.Halimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech