19 Aprel 2022 yil
424
Oltinsoyda, shubha uyg‘otgan shaxs yonidan giyohvand vositasi borligi aniqlandi
Oltinsoy tumanida 2022 yil 27 mart kuni soat 09:00 larda, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Bo‘ston” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, Denov tumanida yashovchi, Ch.Botir (ism shariflar o‘zgartirilgan) to‘xtatilib shaxsiy tintuv qilinganida, uning yonidan 2 dona gugurt qutisiga qadoqlangan, 8,20 gr “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 4 aprel kuni Ch.Botirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati