14 Oktyabr 2022 yil 371

Oltinsoyda qimor o‘yini tashkil qilgan shaxs javobgarlikka tortildi

Oltinsoy tumanida 2022 yil 24 sentabr kuni soat 23:30 larda, tumanning “Chep” mahallasida yashovchi, S.Salim (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyida mahalladoshlari, L.Latif, K.Karim, D.Doniyor, J.Jamshid, U.Umid, E.Erkinlarga qimor o‘yin o‘tkazish uchun sharoit yaratib berib, jami 630.000 (olti yuz o‘ttiz ming) so‘m pullari, 1 AQSh dollari va 1 quti o‘yin kartalari hujjatlashtirib olingan. 5 oktabr kuni S.Solimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech