Oltinsoyda, baliqchi brokonerlar qo'lga olindi
Oltinsoy tumani ichki ishlar bo'limi jamoat tartibini saqlash guruhi va 1-son ichki ishlar bo'linmasi xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yil 30 noyabr kuni tumanning "Yangiariq" mahallasi hududidan oqib o'tuvchi "Chumchuqlisoy" kanali bo'ylab reyd tadbiri o'tkazildi.
O'tkazilgan reyd tadbirida tumanning Karsagan mahallasida yashovchi fuqarolar D.Davron, J.Jamshid va K.Kamollar (ism shariflar o'zgartirilgan) o'zlari bilan olib borgan "EUROSTAR" nomli tok ishlab chiqarish moslamasidan foydalanib, qo'lbola usulda baliq ovlayotganligi aniqlandi.
Baliq ovlashda foydalanilgan ashyolar va 445 dona baliqlar hujjatlashtirib olindi hamda tegishli tartibda chora ko'rishlik uchun Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi nazorat bo'yicha Oltinsoy tuman inspektsiyasiga o'tkazib berildi.