12 Iyul 2022 yil
1005
Oltinsoyda 36 tup nasha o‘simligi va urug‘lari daliliy ashyo sifatida olindi
Oltinsoy tumanida 2022 yil 24 iyun kuni soat 11:00 larda, shu tumanda yashovchi, S.Sobitning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganida, hovlisida 36 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligi hamda 15,11 gr “nasha” giyohvandlik moddasi urug‘lari borligi aniqlanib, prossesual tartibda hujjatlashtirib olingan. 02 iyul kuni S.Sobitga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati