26 Sentyabr 2025 yil 157

Oltinsoy tumanida, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud-dolzarb 20 kunligi” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida, Oltinsoy tumanida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.T. nazoratsiz-qarovsiz va tarbiyasida salbiy o‘zgarishlar bo‘layotganligi sababli viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markaziga joylashtirilgan.

Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Xudoyberdiev boshchiligida, tuman hokimi Yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari, mahalla raisi, maktab direktori va o‘qituvchisi, markaz psixologi, markaz tarbiyachilari hamda voyaga yetmagan X.T.ning otasi-onasi ishtirokida, farzandining keyingi taqdiri, tarbiyasi, ta’minoti yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muxokamada voyaga yetmaganning otasi javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va tuman rahbarlari, mahalla faollari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilishi belgilab olindi.

Bu kabi muhokama yig‘ilishlarni o‘tkazishdan maqsad Prezidentimizning Yoshlarga oid Davlat siyosatidagi vazifalar ijrosi sifatida tuman raxbarlari va mahalla faollarini javobgarligini eslatish hamda voyaga yetmagan bolalarni taqdiriga befarq bo‘lmasliklari ko‘zda tutilgan.

Text to speech