27 Avgust 2022 yil 682

Oltinsoy tumanida sodir etilgan jinoyat ishi sektorda muhokama qilindi

Denov tumanida yashovchi B.X. Oltinsoy tuman Botosh mahallasida yashovchi singlisi B.N.ning uyiga mast holatda kirib kelib, singlisining turmush o‘rtog‘i M.M. bilan tortishib qolib, janjallashishadi.

Aroqning ta’siri bilan insoniy qiyofasini batamom yo‘qotgan B.X. M.M.ning qorniga va soniga bir necha marotaba pichoqni urib oladi. Unga og‘ir turdagi tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kelib chiqishi, sodir etilish sababi, shart-sharoitlarni o‘rganish va bartaraf etish jinoyatning boshqa takrorlanmasligi bilan birga, mahalla-ko‘yda yana shunday jinoyatlar sodir bo‘lmasligining oldini oladi.

Tumanning 1-sektorida yuqoridagi jinoyat tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oltinsoy tuman hokimi, 1-sektor rahbari A.Djumaev, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ketmonov, tuman prokurori T.Berdimurodov, tuman IIB boshlig‘i O.Jiyanov, 1-sonli IIB boshlig‘i R.Norboev, jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudi raisi I.Abraev, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda kelgusida bu kabi jinoyatlarning sodir  etilmasligi uchun hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Text to speech