13 Aprel 2023 yil 401

Oltinsoy tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tizimi asosida ishni tashkil etishning yangicha yondoshuviga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Oltinsoy tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Bahrom Maxmatraemov, tuman IIB boshlig‘i Qaxramon Qosimov ishtirokida 2023 yil 30 mart kunidagi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida" gi 10/3/05-sonli Qo‘shma qarori hamda mahallalardagi “Beshlik” faoliyati, mavjud kriminogen vaziyat, "Payshanba-huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Iqboliddin Ketmonov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida Oltinsoy tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan mutasaddilarining amalga oshirgan ishlari va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklariga to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida aholining tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rish, kreminogen vaziyati og‘ir hududni ijobiy tomonga o‘zgartirish borasida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda tinchlik va hamjihatlik muhitini yaratish va kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom hamda tumanda ishlab chiqilgan qo‘shma qaror yuzasidan tushunchalar berilib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan ma’sullarga aniq ko‘rsatma va yo‘nalishlar berib o‘tildi.

Text to speech